Dunyodagi eng qimmat shahar – Singapur
Betonli jungli nomi bilan ham tanilgan Singapurning rivojlanish
yo’liga necha mamlakatlar havas bilan qaraydi. Singapurni kezar
ekansiz, beixtiyor zamonaviy ideal shahar shunday bo’lsa kerak
deb o’ylab qolasiz. Yo’llar sifati, jamoat transporti,
xizmatlar, ko’chalarda tartib va tozalik yuqori darajada yo’lga
qo’yilgan.
Ushbu shahar-davlat ilmiy-fantastik romanlar sahifasidan tushib
kelgandek. Futuristik binolar, top-toza ko‘chalar, noyob
transport tizimi, har jabhada yuqori texnologiyalar – Singapur
boshqa Osiyo megapolislariga mutlaqo o‘xshamaydi. Ammo
bor-yo‘g‘i bir necha o‘n yillar oldin u mustaqillikni qo‘lga
kiritgan Britaniya mustamlakalaridan biri bo‘lgan.
Bizning Hamrkorlarimiz